Korxona haqida

“FIRDAVS” korxonasi 2004-yildan Xususiy tadbirkor maqomida o’z faoliyatini yurita boshladi. Korxonaning tajribasi vafli va pomadkali konfetlar bilan boshlandi. Asta-sekinlik bilan o’z iste'molchilarning ishonchi va qiziqishini qozona boshlab, mahsulotlarning yangi turlarini qo’shgan holda, ishlab chiqarish yo’nalishlarini kengaytira boshladi.

2008-yilda Хususiy tadbirkor negizida “FIRDAVS” firma brendi tashkil etildi. Ishlab chiqarish jadallashib, ishlab chiqarish uskunalarini kengaytirib, yangi turdagi shirinliklarni ishlab chiqara boshladi. Keyingi qadam shakarli va galet pechenelari ishlab chiqarish liniyasi edi. Glazurlangan vafli ishlab chiqarish uchun yangi va zamonaviy uskunalar ham qo'shildi. Korxona, shuningdek, marshmallow bilan to'ldirilgan sendvich pechene ishlab chiqarish liniyasini ham ishga tushirdi. Shu asnoda, korxona o’z uskunalarini to'liq yangilab, Turkiyaning ishlab chiqarish liniyasiga o'tdi.

Yangi ish o‘rinlarini yaratib kelayotgan “FIRDAVS” korxonasida bugungi kunda 100 dan ortiq yuqori malakali mutaxassislar mehnat qilib kelmoqda. Va bu chegara emas, chunki korxona qandolat mahsulotlari turlarini kengaytirish maqsadida ikkinchi ishlab chiqarish fabrikasi qurislish ishlarini boshlab yubordi. Korxona jamoasining asosiy maqsadi jahon standartlari parametrlariga javob bera oladigan sifatli mahsulot ishlab chiqarishdan iboratdir. Retsept va ishlab chiqarish liniyasining tizimli rivojlanishi tufayli kompaniya har yili yangi turdagi shirinliklar va brendlarni qo'shib, mahsulot turlarini kengaytirib kelmoqda.

Ayni paytda “FIRDAVS” korxonasi o‘z mahsulotlarini nafaqat ichki bozor, balki qo‘shni davlatlarga ham eksport qilmoqda. Korxona mahsulotlariga bo‘lgan talab ortib borayotganidan kelib chiqib, mahalliy va xorijiy distribyutor kompaniyalar bilan doimiy ravishda muzokaralar olib borilmoqda. Bugungi kunda kompaniyaning qandolat mahsulotlari assortimenti 40 dan ortiq turni o'z ichiga oladi va uni kengaytirish bo'yicha doimiy ishlar olib borilmoqda.

Mahsulotlar

FIRDAVS o'z mahsulotlarida dunyoning turli burchaklaridan import qilinadigan eng yuqori toifadagi ingredientlardan foydalanadi.

Eng yangi texnologiyalar bilan birlashtirilgan noyob retsept yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi.

second
image
Sertifikatlar

“FIRDAVS” qandolat fabrikasida xalqaro standartlar: sifat menejmenti tizimi uchun ISO 9001: 2015 va oziq-ovqat xavfsizligi menejmenti tizimi bo‘yicha ISO 22000: 2018 standartlari talablariga muvofiq integratsiyalashgan sifat menejmenti tizimi ishlab chiqilib, joriy etildi.

  • n
  • n
  • n
m

Boshqaruv jamoasi

t
Ibrohim Mirzaev
Kompaniya asoschisi
t
Orifjon Ikromov
Kompaniya direktori
t
Rasuljon Mirzayev
Sotuv bo'limining boshqaruvchisi
t
Abdurashid Tursunboyev
Kompaniya buxgalteri